Case Study

Toshkent mediatsiya markazida “Wakil AI” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2026-yil 20-may kuni Toshkent mediatsiya markazida “WAKIL AI” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur kompaniya O‘zbekiston Respublikasida sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish hamda ularni turli sohalarga keng joriy etish yo‘nalishida faoliyat olib boradi.

Admin···1 min read
Toshkent mediatsiya markazida “Wakil AI” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlik istiqbollari, innovatsion texnologiyalarni huquqiy sohaga tatbiq etish hamda mediatsiya va ADR mexanizmlarida sun’iy intellektning o‘rni yuzasidan fikr almashdilar.

Co-founders of Wakil AI UDAC delegates


Xususan, nizolarni muqobil hal etish jarayonlarida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish, mediatsiya jarayonlarini raqamlashtirish, tahliliy va texnologik yechimlarni amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Wakil AI and UDAC delegates signing



Uchrashuv yakunida Toshkent mediatsiya markazi hamda “WAKIL AI” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur memorandum kelgusida innovatsion loyihalarni amalga oshirish, tajriba almashish va zamonaviy texnologiyalar asosida hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.